28-dekabr kuni soat 8:11 da Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida zilzila qayd etildi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Chuqurligi 10 km bo‘lgan zilzila magnitudasi 3,2 ni tashkil etdi. Toshkentgacha bo‘lgan masofa — janubi-sharqiy yo‘nalishda 211 km.

Yangiqo‘rg‘onning o‘zida va unga yaqin tumanlarda (jumladan, Chortoq, Kosonsoy) silkinish 2 balli darajada sezildi.