O‘zbekistonda mamlakat aholisiga turli tashkilotlar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirish uchun mo‘ljallangan yangi sharhlar va tavsiyalar xizmati ishga tushirildi. “Sharh” foydalanuvchilari turli tashkilotlar — oziq-ovqat do‘konlaridan tortib banklar, avtoservislar, go‘zallik salonlari va, albatta, mazali osh sotiladigan muassasalar haqida o‘z fikr va mulohazalarini qoldirishlari mumkin.

“Sharh” xizmatidagi birinchi sharh uchun 20 ming so‘m mukofoti beriladi va eng faol foydalanuvchilarga yanada ko‘proq pul ishlash imkoniyati beriladi.

Loyiha haqida

“Sharh” xizmati Commeta ekotizimining bir qismidir. Tez orada ushbu ekotizimda xayriya, shou-biznes va boshqa sohalardagi boshqa loyihalar ham ishga tushiriladi.

“Sharh” nomli bu yangi platforma birinchi navbatda O‘zbekistondagi barcha iste’molchilarga turli kompaniyalar bilan bog‘liq tajribalari haqida o‘zlarining halol fikrlarini bildirishda yordam berishga qaratilgan.

Yangi xizmat tufayli odamlar kundalik hayotdagi asosiy muammolardan biri — yaxshi muassasa, bank, do‘kon, avtoservis va boshqa joy yoki tashkilotlar tanlash muammosini hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, odamlarning haqiqiy sharhlari asosida qaror qabul qilish orqali vaqt va pulingizni tejaysiz.

reklama, sharh

Qidiruv tizimi va mukammal yaratilgan kategoriyalar yordamida “Sharh"`da kerakli muassasa yoki tashkilotni topish mumkin.

E’tiborlisi, saytning bosh sahifasida va ilovada oshga oid sharhlar alohida bo‘limda ko‘rsatilgan. Buning yordamida Sharh foydalanuvchilari istalgan vaqtda an’anaviy milliy taomlarni biluvchilar tomonidan yuqori baholangan muassasalarini tezkor topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tushlikdan keyin esa ushbu muassasa haqida o‘z sharhingizni qoldirib, unga baho berishingiz mumkin.

Faollik uchun mukofotlar

Har bir “Sharh” foydalanuvchisi nafaqat tashkilotlar haqida bepul sharh qoldirishi, balki o‘z faolligi uchun haqiqiy pul ham ishlab olishi mumkin. Xizmatda birinchi sharhini qoldirgan har bir yangi foydalanuvchiga “Havaskor” statusi taqdim etiladi. Buning uchun foydalanuvchining bonus hamyoniga 20 ming so‘m qo‘shiladi.

Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan foydalanuvchilar “Sharh"`da faol bo‘lishlari orqali yanada ko‘proq — 10 mln so‘mgacha daromad olishlari mumkin bo‘ladi. Masalan, dastlabki 100 ta sharh uchun “Mutaxassis” statusi va 30 ming so‘m beriladi, 500 ta taqriz uchun esa “Guru” statusi va yana 50 ming so‘m mukofot beriladi. “Stilist” statusi va bundan tashqari 50 ming so‘mni 100 ta do‘konni ko‘rib chiqish uchun olish mumkin. Xizmat har xil turdagi faoliyat uchun turli xil yutuqlarga ega.

Shu bilan birga, xizmatning avtomatik algoritmlari uchun sharh yomon yoki yaxshi bo‘lishi muhim emas — hamma narsa uchun bonuslar beriladi. Bu “Sharh"`ning ochiqligi, rostgo‘yligi va unda tarafkashlik yo‘qligining yaxshi ko‘rsatkichidir. Ushbu yondashuv tufayli xizmat foydalanuvchilari har doim boshqa odamlardan halol fikr-mulohazalarni olishga ishonishlari mumkin.

Xizmatdan qanday qilib ro‘yxatdan o‘tiladi?

“Sharh"`ga qo‘shilish va boshqa foydalanuvchilarga sharhlaringiz bilan yordam berishni boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Bu xizmat saytda ham, smartfon ilovasida ham amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun sharh.commeta.uz saytiga o‘ting yoki iPhone`dagi App Storye yoki Android`dagi Google Playʼ dan mobil ilovani yuklab oling.

Odatiy ro‘yxatdan o‘tishni tugatgandan so‘ng, foydalanuvchi uchun “Sharh"`ning keng imkoniyatlari: xizmatning boshqa foydalanuvchilariga a’zolariga sharhlaringiz bilan yordam berish, tashrif buyuruvchilardan muassasalar haqida fikrlarni izlash, faoliyat uchun haqiqiy pul ishlash va boshqalar ochiladi.

reklama, sharh

Biznes egalari uchun

Xizmatning funksionalini kengaytirish va foydalanuvchilarga to‘g‘ri toifadagi muassasani to‘g‘ri tanlashda yordam berish uchun biznes egalari yoki ularning yordamchilari o‘z kompaniyasini o‘zlari kiritishlari mumkin. Buni amalga oshirish uchun siz xizmatda ro‘yxatdan o‘tishingiz va uning bir qismi ekaningizni tasdiqlagan holda muassasangizni qo‘shishingiz kerak — muassasa uchun begona insonlar buni qila olmaydi.

“Sharh”, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tgan har bir muassasada foydalanuvchilarning fikri va reytinglariga asoslangan va SI yordamida yaratilgan tahliliy sahifaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ushbu tahliliy ma’lumotlar biznes egalariga o‘z muassasasining zaif tomonlarini tahlil qilish va uning faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.

Telefon: (+998) 95−383−83−88.

E-mail: info@commeta.uz
Sayt: sharh.commeta.uz
Telegram: t.me/commeta_sharh
Instagram: @commeta_sharh

Reklama huquqlari asosida.