22−24-noyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan AI Journey sakkizinchi xalqaro konferensiya sun’iy intellektni (SI) uning joriy holatida muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan keng ko‘lamli maydonchaga aylandi.

Ushbu tadbir neyron tarmoqlar sohasidagi ilg‘or ishlanmalar, ularning yangi ilmiy kashfiyotlardagi roli, hamda SI ning biznes va butun jamiyatning rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan.

ai konferensiya, реклама

Konferensiyada Rossiya, Hindiston, Xitoy, Braziliya, Malayziya, Indoneziya, BAA, Janubiy Afrika va boshqa mamlakatlardan 200 dan ziyod nufuzli ma’ruzachilar so‘zga chiqdilar. SI va IT sohasidagi, mutaxassislarni ham, oddiy foydalanuvchilarni ham bezovta qilayotgan dolzarb mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar orasida sun’iy intellektni ommalashtirish masalasiga katta e’tibor qaratildi, ishtirokchilar orasida hatto iqtidorli maktab o‘quvchilari, amaldagi loyihalar mualliflari ham bor edi.

AI Journey 2023 konferensiyasini dunyoning istalgan nuqtasidan kuzatish imkoniyati tashkil qilindi. Translyatsiya uch tilda — rus, o‘zbek va ilk marotaba — arab tilida olib borildi.

Konferensiyaning maqsadlaridan biri dunyoga AI vosita sifatida insoniyatga turli sohalarda katta yordam berishi mumkinligini yetkazish edi. Yangi ishlanmalar insonlar hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirmoqda. Sun’iy intellektga asoslangan yechimlar iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ko‘plab sohalariga joriy etilmoqda. Uch kunlik konferensiyaning muhim voqealaridan biri “Generativ AI inqilobi: yangi imkoniyatlar” muhokamasi bo‘ldi. Suhbatda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi, u Rossiyada neyron tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv “Sberbank” prezidenti, boshqaruv raisi Germann Gref bo‘ldi moderatorligi ostida olib borildi.

ai konferensiya, реклама
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda “Sberbank” prezidenti, boshqaruv raisi Germann Gref.

“Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, SI eng katta yutuqlarga erishadigan uchta asosiy soha mavjud. Bularga sog‘liqni saqlash, ta’lim va tubdan yangi boshqaruv tizimlarini qurish kiradi”, — ta’kidladi German Gref.

Munozara davomida sun’iy intellektni yaratish, o‘qitish va amalga oshirishda ishtirok etadigan odamlarni qiziqtiradigan asosiy savol ko‘tarildi: “Generativ SI insoniyatga nima berishi mumkin, u qanday qilib har bir insonning imkoniyatlari va qobiliyatlarini kengaytirishi, uni baxtli qilishi mumkin?”. Masalan, Rossiyada,

“So‘nggi bir yil ichida faqatgina ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning o‘zida sun’iy intellekt sohasidagi yechimlardan foydalanish 1,5 baravarga oshdi. Dunyo bo‘ylab SIni joriy etish qanday miqyosga erishayotganini tasavvur qilish mumkin. Generativ modellarni yaratishga tobora ko‘proq investitsiyalar jalb qilinmoqda, kompaniyalar esa ko‘plab kundalik va alohida e’tibor talab qiluvchi vazifalarni tobora ko‘proq SI ixtiyoriga topshirib qo‘ymodqa”, — dedi Vladimir Putin.

Biroq, bunday xususiyatlar nafaqat Rossiyaga, balki butun dunyoga xosdir. Konferensiya ma’ruzachisi, Malayziyada joylashgan Vero Ai raisi Kox Chen Tiyen sun’iy intellektni “yangi elektr energiyasi” deb atadi va shu bilan bugungi kunda va yaqin kelajakda SI ning muhim ahamiyatini belgilab o‘tdi. U o‘z so‘zlarini, hozirda mahsulotlar aylanmasi, logistikani optimallashtirish va boshqa ko‘plab jarayonlarda sun’iy intellektni qo‘llayotgan xalqaro kompaniyalar tajribasidan ko‘plab misollar bilan tasdiqladi. Qizig‘i shundaki, Xitoy va Hindistonda sun’iy intellektdan hosil samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishni o‘rganishgan. Spikerning vatani Malayziyada esa SI iste’molchilik mahsulotlari, dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlarining haqiqiyligini nazorat qiladi.

AI Journey`ning yana bir ishtirokchisi, Janubiy Afrikalik Janet Savari X-BCH Illuminate platformasini taqdim etib, u turli xil video kuzatuv tizimlaridan olingan ma’lumotlardan ishlab chiqarish maydonchalarini tekshirish va ish joylari xavfsizligini yaxshilash uchun foydalanadi, bu ham ESG-muammolaridan (Environment, Social, Governance) birini hal qiladi, ya’ni barqaror rivojlanishga yordam beradi.

O‘zaro bog‘liq soha — ekologiyada — neyron tarmoqlari tobora ko‘proq joy egallamoqda. Masalan, ular dekarbonizatsiya, o‘rmonlarni qayta tiklash va chiqindilarni boshqarish maqsadida ishlatiladi. Biroq, bu yerda yana bir savol tug‘iladi: SI modellarining o‘zi qoldirayotgan uglerod izini qanday kamaytirish mumkinligi haqida. Buning yechimi sifatida noldan yangilarini yaratish o‘rniga, avvalgilarini qayta o‘rganish va ulardan qayta foydalanish ta’kidlandi. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasida sun’iy intellektdan foydalanishning dolzarbligi va qonuniyligi “Sberbank” va Rambler&So tomonidan o‘tkazilgan Rossiya so‘rovi bilan bilvosita tasdiqlanadi. So‘rov odamlarning SI ga bo‘lgan ishonchini yashil kun tartibida yana bir bor ta’kidladi. Respondentlarning aksariyati AI insoniyatga iqlim muammolarini hal qilishda yordam berishiga ishonadi. Bu, shuningdek, tabiiy ofatlar, o‘zgarishlar, xavflarni bashorat qilish va hatto ekologik materiallarni yaratishni anglatadi.

Tibbiyotda ham neyron tarmoqlarining roli ahamiyatli. Rossiyada kompyuter ko‘rish qobiliyati kompyuter tomografiyasi, rentgen nurlari, mammografiya, tibbiy hujjatlarni avtomatik ravishda ovozli to‘ldirish va kasalliklarni aniqlash uchun ishlatiladi.

SI qo‘llanadigan keyingi soha — bu ijodkorlik va kreativ industriyasidir. Konferensiyada “Sberbank” Kandinskiy 3.0 generativ modelini taqdim etdi. Neyron tarmoq endi matnli so‘rovlarini yanada yaxshi tushunadi va bir necha soniya ichida haqiqiy tasvirlar, badiiy rasmlar va sketchlar bilan artlar yaratadi. Bu nihoyatda qulay, funksional va, muhimi, bepul neyron tarmoq. 100 dan ortiq tilni biladi va tasvir yaratish uchun o‘nlab uslublarni taklif qiladi.

ai konferensiya, реклама
“Sberbank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Vedyaxin.

Biroq, neyron tarmoqlar harakatlanuvchi tasvirlar bilan ham ajoyib ishlamoqda. Kandinskiy Video`si — Rossiyada tekst bo‘yicha to‘liq video yaratishga sozlangan birinchi model bo‘lib, bunga yaqqol misol bo‘la oladi, u sakkiz soniyagacha uzunlikdagi videolarni yaratadi. Bu haqida “Sberbank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Vedyaxin gapirib o‘tdi. Neyron tarmog‘i yordamida mualliflik videolarini bepul yaratish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Model, yaratuvchilarning so‘zlariga qaraganda, insonlar uchun ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi, ham ijodda, ham kundalik vazifalarni yechishda.

Model 300 mingdan ziyod “matn — video” juftliklaridan iborat ma’lumotlar to‘plami asosida o‘qitildi. Videoroliklarni yaratish jarayoni esa kamida uch daqiqa vaqt oladi. Siz undan fusionbrain.ai platformasida va Telegram-boti orqali foydalanib ko‘rishingiz mumkin.

Musiqa yaratmoqchi bo‘lganlar uchun GigaChat nomli neyron tarmoq modeli mavjud bo‘lib, u haqida “Sber” konferensiyada batafsil gapirib berdi. Ammo xizmatning imkoniyatlari ijodiy vazifalar bilan cheklanib qolmaydi. GigaChat bugungi kunda allaqachon turli vazifalarning aksariyatini hal qila oladi va bank sektorida faol qo‘llanilib, ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtiradi. Boshqa servis — “SberAnalitika”ni tadbirkorlar yuqori baholagan bo‘lib, modul daromadni 90% gacha aniqlik bilan tahlil kila oladi.

Aholining turli toifalari uchun sun’iy intellektning afzalliklari kontekstida GigaChat xizmati imo-ishora tillari va daktil-imlo so‘zlarini taniy oladi.

Neyron tarmoqlardan foydalanish qulayligi ularni ijtimoiy hayotga tatbiq etishning muhim omiliga aylandi. Konferensiya ishtirokchilarining ko‘plab loyihalari aynan mana shu omilga bag‘ishlangan. Ilg‘or olimlar, kompaniyalar va Rossiya mintaqalari “Sun’iy intellekt yetakchilari” milliy mukofoti doirasida mukofotlarga sazovor bo‘lishdi.

ai konferensiya, реклама

Bundan tashqari, Ai Journey`da yosh avlod ham ta’kidlab o‘tildi — AI Challenge tanlovida, shu bilan birga, AIJ Contest tanlovi ishtirokchilari — yoshi katta tadqiqotchilar.

Konferensiyada SI dan foydalanishning etikaga doir masalalari e’tibordan chetda qoldirilmadi. Yangi xorijiy va Rossiya kompaniyalari Milliy etika kodeksini imzoladilar. Hokimiyat va xalqaro tashkilotlar tomonidan neyron tarmoqlardan foydalanish fuqarolar uchun xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqin kelajakda generativ modellar insonlarning hamrohlari va sheriklariga aylanishiga, ularning kasbiy hayoti va kundalik hayotini soddalashtirishiga, ijod qilish, rivojlanish va muloqot uchun vaqt ajratishiga ishonishga yetarli asoslar mavjud.

Reklama huquqlari asosida.