17-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena”da professional boks oqshomi tashkil etildi. Kechaning markaziy jangida Bahodir Jalolov JAR vakili Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning bir qator umidli bokschilari chet ellik raqiblariga qarshi jang olib bordi.

E’tiborlisi, ushbu janglarni kuzatib turganlar orasida WBC prezidenti Maurisio Suleyman, afsonaviy Mayk Tayson, uni 2 marta mag‘lubiyatga uchratgan yana bir afsona Evander Xolifild, “Toshkent yo‘lbarsi”, afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev va boshqa ko‘plab boks dunyosi vakillari ham ishtirok etdi. “Gazeta.uz” yulduzli kechadan fotoreportaj tayyorladi.

wbc, professional boks

Evander Xolifild.

wbc, professional boks

Maurisio Suleyman.

wbc, professional boks

“Toshkent yo‘lbarsi” Rufat Risqiyev.

wbc, professional boks

wbc, professional boks

Chapdan o‘ngga: Maurisio Suleyman, Otabek Umarov, Miralisher Mirziyoyev va Mayk Tayson.

Yarim yengil vaznda (57,1 kg) 4 raundlik jangda o‘zbekistonlik Abdumalik Xalokov professional boksdagi debyut jangini o‘tkazdi. U ukrainalik Oleksandr Yegorovni 2 raund davom etgan jangda mag‘lub etdi.

Yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) 8 raundlik jangda Qudratillo Abduqahhorov tanzaniyalik raqibi Maono Allini nokautga uchratdi.

Eng yengil vaznda (53,5 kg) Mirazizbek Mirzaxalilov xitoylik Runki Jouga qarshi ringga ko‘tarilib, to‘liq jang olib bordi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, Mirazizbek 80:72, 80:72, 80:72 hisoblarida g‘alaba qozondi. Bu uning professional boksdagi 4-jangidagi 4-g‘alabasidir.

wbc, professional boks

wbc, professional boks

wbc, professional boks

wbc, professional boks

Birinchi yarim o‘rta vaznda (63,5 kg) WBC Central Asia kamari uchun jang to‘liq 8 raund bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik Mujibillo Tursunov xitoylik Yangcheng Jinni 80:72, 80:72, 80:72 hisoblarida mag‘lub etdi.

wbc, professional boks

wbc, professional boks

Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov boks afsonasi Mayk Tayson bilan rinnga chiqib, amerikalik boks yulduziga WBC faxriy kamarini taqdim etdi.

wbc, professional boks

Bundan tashqari, prezident kuyovi Otabek Umarov va Mayk Tayson ringda avtohalokat sabab vafot etgan O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayevning kichik o‘g‘li Muhammad bilan ham suratga tushdi.

Evander Xolifildga ham ringga taklif qilindi.

wbc, professional boks

O‘zbekistonliklar uchun uzoq kutilgan markaziy superog‘ir vaznda 10 raundlik jangda Bahodir Jalolov JARlik Kris Tompsonni nokautga uchratdi.

wbc, professional boks

wbc, professional boks

wbc, professional boks

wbc, professional boks