Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Baland” masjidining tarixiy binosi yangi qurilish sabab xavf ostida qolgani haqida xabar tarqaldi. Qurilish yuzasidan poytaxt hokimligi ma’lumot berdi.

Hokimlik masjidning tarixiy binosi saqlanib, yangi bino ichida qolishini ma’lum qildi.

“Tarixiy bino „konservatsiya“ qilinadi, lekin shu bilan birga, o‘zining birlamchi vazifasini saqlab qoladi va namoz o‘qish joyi sifatida xizmat qilishni davom ettiradi. Unda tahoratxonalar, xodimlar uchun oshxona va boshqa zamonaviy sharoitlar yaratiladi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

“Bunday yondashuv — tarix va zamonaviylik uyg‘unligini saqlashda optimal yondashuv. Kelgusida uni tarixiy ahamiyatga ega boshqa diniy obyektlarda ham qo‘llash rejalashtirilgan”, — deya yakunlangan hokimlik munosabati.