8-noyabrdan boshlab Toshkent−Xo‘jakent−Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati to‘xtatildi. Bu haqda Tashtrans xabar qildi.

Harakat qachondan boshlab qayta tiklanishi noma’lum.

“[8-noyabr] kechqurun Toshkent−Xo‘jakent yo‘nalishida so‘nggi reysda ketmoqchi bo‘lganlar Chirchiq, G‘azalkent va Xo‘jakentga muqobil yo‘nalishni oldindan rejalashtirishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.