Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasining Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan LH729 reysi dushanba kuni ikki yo‘lovchining janjali tufayli Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

Ekipaj samolyot oldiga huquq tartibot organlari xodimlarini chaqirishni so‘ragan, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Bortida 206 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 747−800 17:32 da qo‘ndi. Ikki yo‘lovchi reysdan chiqarib yuborilgan.

Samolyot 20:36 da belgilangan aeroportga uchgan.