AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Diversity Visa 2025 (Green Card) dasturida qatnashishini reja qilganlar uchun 10 ta maslahat e’lon qildi.

1 maslahat. Dastlab dvprogram.state.gov sayti orqali, dastur talablariga javob berish shartlari bilan tanishib chiqing. Dastur talablariga javob bermasangiz, dasturda ishtirok etmang.

2 maslahat. Faqatgina AQSh hukumatining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga tayaning. DV-2025-yilgi dastur bo‘yicha ma’lumotni taqdim etuvchi yagona rasmiy manba — “.gov” bilan yakunlangan veb-saytlar hisoblanadi.

3 maslahat. dvprogram.state.gov sayti orqali arizangizni topshiring. Bu dasturda ishtirok etishning yagona yo‘lidir. Soxta veb-saytlar yoki firibgarlarga aldanib qolmang.

4 maslahat. Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish bepul. Arizangizni bepul to‘ldirib berishni taklif etadigan yoki to‘lov orqali dasturda imkoniyatingizni oshirib berishni va’da qiladigan shaxslardan ehtiyot bo‘ling.

5 maslahat. Oxirgi olti oy ichida olingan fotosuratdan foydalaning. Ariza topshirish vaqtida eski fotosuratdan foydalanish, dasturdan chetlashtirilishga sabab bo‘ladi.

6 maslahat. Bir ishtirokchi faqatgina bir marta ariza topshirishi mumkin. Bir dastur mavsumi davomida, bir martadan ko‘p ariza topshirgan shaxslar dasturdan chetlashtiriladi.

7 maslahat. Siz bilan birga sayohat yoki immigratsiya qilmaydigan taqdirda ham, arizangizga turmush o‘rtog‘ingiz va 21 yoshdan kichik va turmush qurmagan barcha farzandlaringizni kiritishingiz kerakligini yodda tuting. Dasturda ishtirok etish uchun tanlangan holatingizda ham, arizangizga xato yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumot kiritgan bo‘lsangiz, dasturdan chetlashtirilishingizni inobatga oling.

8 maslahat. Maxsus tasdiqlov raqamingizni (confirmation number) saqlab qo‘ying. 2024-yilning may oyida dastur bo‘yicha tanlov natijangizni tekshirish uchun sizga ushbu raqam kerak bo‘ladi.

9 maslahat. Dastur bo‘yicha tanlov 2024-yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. Dasturda ishtirok etish uchun tanlab olinganingiz haqida ma’lumotga ega bo‘lishning yagona yo‘li dvprogram.state.gov sayti orqalidir. Biron-bir xat yoki email orqali kelgan e’lonlarga aldanib qolmang, bu turdagi xatlar firibgarlik usuli ekanini yodda tuting.

10 maslahat. Dasturda tanlab olinganlik, viza uchun suhbatda ishtirok etish yoki viza olish kafolatini bermasligini yodda tuting.

Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 4-oktabrdan 7-noyabrgacha davom etadi.