Namangan viloyatining Chust tumanida bolalarning ommaviy zaharlanishi sodir bo‘ldi. Bu haqda birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabar berishdi. Ota-onalar farzandlariga yod berilgani haqida ma’lum qilmoqda (shu haftadan boshlab O‘zbekistonda bolalarni yodlash bo‘yicha haftalik dastur boshlangan).

Namanganliklar.uz Telegram-kanalida e’lon qilingan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabarигакўра, 21-sentabr kuni soat 16:00 dan boshlab tuman tibbiyot birlashmasiga 71 nafar bola yotqizilgan. Ularda isitma, ba’zilarida qorin og‘rig‘i, diareya va qusish kabi alomatlar kuzatilgan.

Bolalar to‘qqizta bolalar bog‘chasi (№ 23 — 35 bola, № 51 — 20, № 18 — 5, № 36 — 3, № 30 — 2, № 35, 43 va 34 — har biri 1 tadan, oilaviy bolalar bog‘chasi — 1) va ikkita maktab (№ 7 va 21 — har biri 1 nafar bola) tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilari hisoblanadi.

Boshqarma tezkor ishchi guruh tuzib, o‘rganishlarni boshlagan. Ahvoli qoniqarli bo‘lgan 9 nafar bola uyiga jo‘natilgan. Qolgan bolalar nazorat ostida.

Kasallikning shubhali sababiga aniqlik kiritilmagan.

22-sentabr kuni erta tongda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Chustda bolalarning ommaviy zaharlanishini tasdiqlovchi bayonot berdi, biroq ehtimoliy sabablarni ham, jabrlanganlar sonini ham ko‘rsatmadi.

Bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda. Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Holat sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan nazoratga olingan.

Qayd etilishicha, 10 nafar bola uyiga jo‘natilgan. Vazirlik qo‘shimcha ma’lumot taqdim etishga va’da bermoqda.

Tunda Bosh prokuratura matbuot xizmati zaharlanish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani haqida xabar berdi. Holat prokuratura nazoratiga olindi.

“Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaxarlanganligi xali noma’lum bo‘lganligi sababli jamoatchilikdan noto‘g‘ri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarni so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Chustda favqulodda holat joriy etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ayni paytda ular ijtimoiy tarmoqlarda zaharlanganlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligi haqida yozishmoqda