13−15-sentabr kunlari ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakati texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatiladi, deb xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, bu Samarqand va Qarshi yo‘nalishidagi yo‘llarning modernizatsiya qilinishi bilan bog‘liq.

Bekor qilingan reyslar ro‘yxati

13-sentabr:

4-sonli “Toshkent — Qarshi”.

14-sentabr:

3-sonli “Qarshi — Toshkent”;

4-sonli “Toshkent — Qarshi”;

80-sonli “Toshkent — Termiz”;

79-sonli “Termiz — Toshkent”;

682-sonli “Qumqo‘rg‘on — Sariosiyo”;

681-sonli “Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on”;

16/15-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent”;

760-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishida poyezd Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha harakatlanadi: Toshkent 8:00 — Samarqand 10:08.

759-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida poyezd Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha harakatlanadi: Samarqand 17:58 — Toshkent 20:08.

15-sentabr:

3-sonli “Qarshi — Toshkent”.

Shu kunlarda sotilgan chiptalar summasi to‘liq qaytariladi, deydi kompaniya.