27-avgust kuni Sinbad basseyn kompleksida Arrizo 6 Pro avtomobillari egalari uchun mo‘ljallangan yorqin tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Chery kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Bu Arrizo 6 Pro egalariga bag‘ishlangan birinchi bayram bo‘ldi.

chery, реклама

Tadbirning tantanali ochilishi suhandonning tabrik so‘zi bilan boshlandi. Undan keyin mehmonlar turli salqin ichimliklar va gazaklar tortilgan furshetga taklif etildi, didjey tomonidan tayyorlangan musiqiy to‘plam esa ziyofatga jo‘shqin kayfiyat bag‘ishladi.

chery, реклама

Musiqiy qismdan keyin tashkil etilgan timbilding ishtirokchilar o‘rtasida mustahkam aloqa va hamkorlik manbaiga aylandi. Jamoaviy o‘yinlar va topshiriqlar mehmonlarga birgalikda ishlash qobiliyatini ko‘rsatishga imkon berdi.

Butun bayram davomida bolalar animatorlar chiqishlarini zavq bilan tomosha qilishdi, dasturning yorqin qismi esa ko‘pikli ziyofat bo‘ldi. Ko‘pik bo‘roni mehmonlarga ajoyib kayfiyat ulashdi.

chery, реклама

Yozgi mavsumni Chery bilan birga tamomlashda barcha detallarga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir Arrizo 6 Pro avtomobili egasi o‘zini katta va do‘stona oilaning bir qismidek his qilishi uchun qiziqarli musobaqalar, timbilding, musiqa sadosidan tortib ko‘pik festivaligacha tashkil qilindi.

chery, реклама

Yangi Chery Arrizo 6 Pro sotuvi 16-iyun kuni boshlangan. Avtomobillar O‘zbekistondagi barcha rasmiy dilerlik markazlarida taqdim etilgan va tarmoqdagi har bir avtomobil modeli uchun bepul test-drayv xizmati mavjud.

Bepul test drayvga (+998) 71−276−55−55 telefoni yoki Telegram-bot orqali yozilishingiz mumkin.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
YouTube: Cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.