2023−2024-yil o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar o‘z vaqtida yetib borishi uchun ayrim yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

Xususan, Urganch, Xiva va Buxorodan Toshkentga, shuningdek, Toshkentdan Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Qorako‘l va Shofirkon tumanlariga qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan ham 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnaydi.

Avtobuslar chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshohbekat chiptaxonasidan yoki elektron tarzda xarid qilish mumkin.

Bundan tashqari, vazirlik joylarda haydovchilar bilan yo‘lkira narxlarini oshirib yubormaslik yuzasidan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganini bildirdi.