BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi birinchi marta tashkilotning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga binoan a’zo davlatlarning majburiyatlarini har tomonlama ifoda etish orqali bolalarning toza, sog‘lom va barqaror muhitga bo‘lgan huquqini bevosita tasdiqladi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.

1989-yilda yaratilgan va 196 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan ushbu konvensiyada bolalarning yashash, rivojlanish, sog‘liq huquqi kabi universal huquqlari ifodalangan.

Umumiy tartib bo‘yicha sharhlar qonunning muayyan sohalarida ushbu huquqlar nimani nazarda tutishi haqida huquqiy yo‘l-yo‘riq beradi.

28-avgustda e’lon qilingan ““Iqlim o‘zgarishi masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda bolalar huquqlari va atrof-muhit to‘g‘risidagi 26-sonli umumiy tartib sharhlari” favqulodda iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va atrof-muhit ifloslanishiga bag‘ishlanadi hamda bolalar hayoti va istiqbollarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi.

Umumiy tartibning 26-sonli sharhida aytilishicha, davlatlar nafaqat bolalarning huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlardan himoya qilish uchun, balki bugungi kunda davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar yoki ularning harakatsizligi oqibatida kelajakda ularning huquqlari buzilishiga ham javobgardir.

Bundan tashqari, 26-sharhda davlatlar nafaqat o‘z chegaralari doirasidagi atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun, balki o‘z chegaralaridan tashqarida atrof-muhitga yetkazilgan zarar va iqlim o‘zgarishining zararli oqibatlari uchun ham javobgar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlangan.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan 196 ta davlat zudlik bilan choralar ko‘rish, shu jumladan, ko‘mir, neft va tabiiy gazdan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechishni tashkil etish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish, havo sifatini yaxshilash va toza suvdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, sanoat qishloq xo‘jaligi va baliqchilikda sog‘lom va barqaror ishlab chiqarish uchun o‘zgarishlarni amalga oshirish, shuningdek, oziq-ovqat va biologik xilma-xillikni himoya qilishni ta’minlashga chaqirilgan.

Qo‘llanmada ekologik qarorlar qabul qilishda bolalarning fikr-mulohazalarini inobatga olish zarurligi, bu borada ekologik ta’limning ahamiyati ta’kidlangan.

“Bolalar iqlim inqirozi uchun eng kam javobgardir, lekin ular buning oqibatlaridan eng ko‘p jabr ko‘radi: har yili besh yoshgacha bo‘lgan 1,7 million bola atrof-muhitning oldini olish mumkin bo‘lgan zararidan vafot etadi. Shunga qaramay, atrof-muhit siyosati masalalari bo‘yicha deyarli barcha qarorlar bolalar va yoshlar ishtirokisiz qabul qilinadi. 26-sharh bilan buni o‘zgartirishga harakat qildik: 121 ta mamlakatdagi bolalarning 16 000 dan ortiq arizalari bilan bu BMT darajasidagi bolalar ishtirokidagi eng inklyuziv jarayonlardan biri bo‘ldi”, — dedi Germaniyadagi Terre des Hommes kompaniyasi bosh ijrochi direktori Joshua Xofert.

Ushbu tashkilot BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan birgalikda №26 sharhni tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirgan. Hujjatni ishlab chiqishda 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bolalar maslahatchisidan iborat guruh qo‘mitani qo‘llab-quvvatladi. BMTning bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ham maslahatlashuv jarayoni orqali butun dunyo bo‘ylab bolalarning fikrlarini to‘plashga yordam berdi.

26-sharh Parij kelishuvi bo‘yicha davlatlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha chora ko‘rishda bolalar huquqlari yuzasidan majburiyatlarini hurmat qilish, ilgari surish va hisobga olish majburiyatini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, u bola huquqlariga ta’sirni hisobga olish atrof-muhitga oid barcha qonun hujjatlari, strategiya va loyihalar, qoidalar, budjet yoki boshqa qarorlarga nisbatan amalga oshirilishi kerakligini aniq ko‘rsatib beradi.

Davlatlardan BMT qo‘mitasiga bolalarning ekologik huquqlarini himoya qilish borasidagi yutuqlari haqida vaqti-vaqti bilan hisobot berishlari talab qilinadi.

“Iqlim sohasi bo‘yicha moliyalashtirish va siyosat qarorlarda bolalarning ehtiyojlarini hisobga olmaslik davom etmoqda”, — dedi YUNISEFning bolalar huquqlari va iqlim bo‘yicha maxsus maslahatchisi Paloma Eskudero. “Bu vaziyatni o‘zgartirish kerak. Umumiy fikr-mulohazalar iqlim o‘zgarishidan ta’sirlangan bolalik bilan bog‘liq har bir sohada, masalan, bolaning ta’lim olish huquqi, xavfsiz suv va sog‘lom atrof-muhitni ta’minlash kabi chora-tadbirlarga ustuvor ahamiyat berish uchun mamlakatlarga kuchli chaqiriqdir”.

“Har bir hukumat sayyoramizning har bir burchagidagi har bir bolaning huquqlarini, ayniqsa, bu muammoga eng kam hissa qo‘shayotgan, lekin eng xavfli suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va bo‘ronlardan aziyat chekayotgan mamlakatlarda yashovchi o‘g‘il-qizlarning huquqlarini himoya qilishga mas’uldir “, — dedi u.