Toshkent shahrida 12−13-avgust kunlari “Zakovat” intellektual o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Turnirda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Belarus, Latviya, Daniya kabi 14 mamlakatdan 55 ta jamoa qatnashdi.

Yakunda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin: GG (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston);

2-o‘rin: Borskiy korabel (Rossiya);

3-o‘rin: Basendji (Rossiya, Qozog‘iston).

G‘olib jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 100 million so‘m;

2-o‘rin: 60 million so‘m;

3-o‘rin: 40 million so‘m.

Breyn-ring o‘yinida esa Basendji jamoasi g‘olib bo‘ldi va unga birinchi Osiyo ochiq chempionatining kubogi topshirildi.

Foto

закоvaт

закоvaт

закоvaт

закоvaт

закоvaт

закоvaт


закоvaт

закоvaт

закоvaт

закоvaт