Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan pul olayotgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.Ya. va Sh. Ya. fuqaro O.O.ga tanishlari yordamida xorijga chiqish viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda uni Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 51 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.