BeFit PRO sport majmuasining avtoturargohida Xitoy, Yevropa va AQSh elektromobillari uchun 160 kVt quvvatli TOK BOR yuqori tezlikdagi quvvatlantirish stansiyalari paydo bo‘ldi. Endi elektrokarlarni 20−40 daqiqa ichida quvvatlantirish mumkin.

tok bor, реклама

TOK BOR falsafasi barcha elektromobilchilar haqida g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Shuning uchun ham O‘zbekiston bozorida 90% dan ortiq elektrokarlar Xitoy modellardan iborat bo‘lishiga qaramasdan, kompaniya boshqa ishlab chiqaruvchilarni tanlagan elektromobil egalarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi.

tok bor, реклама

“BeFit PRO`ga o‘rta statistik elektrokarlarga qaraganda ko‘proq hajmda quvvatni qabul qila oladigan elektromobillar haydovchilari kelishi sababli, biz xitoycha, yevropacha va amerikacha portlarga ega eksklyuziv stansiyalarga buyurtma berdik. Yangi stansiyalarning farqi shundaki, ular batareya arxitekturasi 800 V elektromobillarga, akkumulyatorning hajmidan kelib chiqib, 160 kVt gacha quvvat bera oladi”, — dedi TOK BOR hammuassisi Erkin Rozmatov stansiya ochilishi davomida.

Bugungi kunda TOK BOR elektr quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘i butun O‘zbekiston bo‘ylab 125 ta stansiyani o‘rnatdi. TOK BOR elektr quvvatlantirish stansiyalarining keng ko‘lamli geografiyasi elektrokar haydovchilariga quvvatsiz qolib ketishdan qo‘rqmasdan Toshkent shahridan tashqariga chiqish uchun yordam bermoqda. Kompaniyaning quvvatlantirish stansiyalari xaritasi TOK BOR (iOS, Android) mobil ilovasida taqdim etilgan. U elektromobilchilarga nafaqat O‘zbekiston xaritasidagi hamma quvvatlantirish stansiyalarining o‘zini, balki ularning statusini ham ko‘rish imkoniyatini beradi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mobil ilovasining foydalanuvchilari soni 13 500 ga yetdi.

tok bor, реклама

TOK BOR stansiyalari shaharlararo yo‘nalishlarda, shaharlarda — bog‘larda, savdo, biznes va fitnes markazlari yaqinida, shuningdek, turar-joylarda joylashgan. Bu iste’molchilarga quvvatlantirish stansiyasiga borishni maxsus rejalashtirmasdan, odatdagi ishlar bilan shug‘ullangan holda, quvvatlanishga yordam beradi.

“Biz ishlab chiqaruvchilarni izlash, tanlash va test qilish uchun ko‘p vaqt sarfladik. Ular orasidan bir necha kompaniyalarni tanlab oldik. Ular biz uchun maxsus ravishda O‘zbekistonning iqlim sharoitiga mos uskunalarni ishlab chiqishdi. Ilk TOK BOR stansiyalari issiqqa chiday olmasdi, buning natijasida ular hattoki jazirama issiqda ham ishlashni davom ettirishlari uchun ularning quvvatini ahamiyatli ravishda pasaytirishga majbur bo‘lardik. Bugun asosiy texnik va tashkiliy masalalar to‘liq hal qilingani tugatganimiz sababli, faol miqyoslash jarayonidamiz. Hozirgi paytda deyarli har kuni yangi stansiyalarni o‘rnatmoqdamiz”, — dedi TOK BOR hammuassisi.

tok bor, реклама

Yil oxirigacha kompaniya stansiyalar sonini 300 taga, keyingi yillarda esa 1500−2000 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu, Erkin Rozmatovning fikricha, fuqarolarni elektr transportini tanlashga undaydi va yashil iqtisodiyotga o‘tishda muhim hissa bo‘lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari, kompaniya tarmoqning barqaror va ekologik rivojlanishini rejalashtirmoqda. TOK BOR kompaniyasi allaqachon Urganch shahrida quyosh panellari bilan qoplangan shiyponli ikkita quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatgan. Erkin Rozmatovning ta’kidlashicha, panellar ishlab chiqaradigan energiya zudlik bilan elektr transport vositalarini quvvatlantirishga yo‘naltiriladi, bu esa elektr tarmoqlaridagi yuklanishni kamaytiradi. Elektr quvvatlantirish stansiyasi bo‘sh bo‘lgan holda esa, energiya stansiya uning avtoturargohida o‘rnatilgan muassasaning energiya xarajatlarining bir qismini qoplaydi.

Telefon: (+998) 78−777−77−87.

Sayt: tokbor.uz
Instagram: @tokbor.uz
Telegram: t.me/tok_bor_uz

Reklama huquqlari asosida.