Jizzax viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Sharof Rashidov tumanida chaqaloqning jasadi topilgani aytilgan xabarga izoh berdi.

21-iyun kuni tuman hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, bola o‘lik holda tug‘ilgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan hodisaga aloqador bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va boshqa holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o‘rnatilgan.