28-iyun kuni Qurbon hayiti nishonlanishi munosabati bilan Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ma’lum qildi.

Quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi:

26-iyun kunidan 3-iyul kunigacha 66/65-sonli Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishi:

  • 66-sonli Toshkent−Namangan yo‘nalishi Toshkent 9:13 — Namangan 14:18
  • 65-sonli Namangan−Toshkent yo‘nalishi Namangan 15:38 — Toshkent 20:27

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.