30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi nafas”, “Vatan qalqoni” ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan Olympic day musobaqasi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi, deb xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati.

Jumladan, 23-iyun kuni soat 00:00 dan 25-iyun kuni soat 10:00 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qism yopiladi.

25-iyun kuni soat 5:00 dan soat 8:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
  • Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha bo‘lgan qismda avtomobillar harakati cheklanadi.

yugurish musobaqasi, йўл yopiladi

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.