Biografik asarlarni mahorat bilan yozadigan muallif Uolter Ayzeksondan yana bir ajoyib kitob o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Bundan oldin uning “Stiv Jobs” kitobi ham o‘zbek tilida chop etilgandi. Mazkur ilmiy-ommabop asar o‘zbek kitobxonlariga yangi va dolzarb mavzu haqida hikoya qiladi.

asaxiy, реклама

Kitob Time, The Washington Post, Smithsonian Magazine, Amazon, Book Page, Science News, Bloomberg tomonidan ilg‘or kitoblardan biri sifatida tan olingan. Uni o‘qish orqali jamiyat uchun muhim bo‘lgan quyidagi savollarga javob topish mumkin:

  1. “Buyuk olimni tarbiyalash qanchalik oson?”;
  2. “Ilmiy yangiliklar qanday amalga oshadi?”;
  3. “Tug‘ilajak bolaning soch rangi, mushaklari, intellektual qobiliyati qay darajadaligini tanlash imkoni bo‘lsa nima sodir bo‘ladi?”;
  4. “Ilm-fanni rivojlantirish, kashfiyotlar qilish uchun nima qilish kerak?”;
  5. “AQShda ilmiy muhit qanday, olimlar va laboratoriyalar o‘rtasida raqobatchi?”;
  6. “Genetika qanchalik katta yutuqlarga erishdi?”;
  7. “Gen tahrirlash hayotimizda nimalarni o‘zgartiradi?”;
  8. “Chindan ham viruslar va davosiz kasalliklarni gen-tahrirlash orqali yo‘q qilish mumkinmi?”;
  9. “Nobel mukofoti qanday qo‘lga kiritiladi?”.

asaxiy, реклама

Shu savollarga javob va ilm-fanga oid qiziqarli ma’lumotlar, genetik kodni buzishga katta hissa qo‘shgan olim, Nobel mukofoti sovrindori Jennifer Daudna faoliyati misolida so‘zlab beriladi.

asaxiy, реклама

Leonardo da Vinchi va Stiv Jobs biografiyalari muallifi Uolter Ayzekson Jennifer Daudna va uning hamkasblari kasalliklarni davolash, viruslardan himoya qilish va sog‘lomroq chaqaloqlarga ega bo‘lish imkonini beradigan inqilobni qanday boshlagani haqidagi jozibali hikoyasi bilan qaytdi.

asaxiy, реклама

Maroq bilan o‘qiladigan ushbu kitob o‘quvchini ilm-fan olamidagi qiziqarli va hayajonli sayohatga olib boradi. Kitobxonga gen-tahrirlash, ilmiy kashfiyotlar, olimlar hayoti haqida gapirish mobaynida uning dunyoqarashini kengaytiradi. Uolter Ayzekson mahorati sabab 736 betli kitob ishtiyoq bilan tez fursatda o‘qib chiqiladi.

asaxiy, реклама

Kitob Xalq Banki bilan hamkorlikda chop etilgan bo‘lib, bankning ko‘magi kitob chiqishida muhim rol o‘ynadi. Kitob mavzu va ma’lumotlar jihatidan o‘zbek kitobxonlariga butunlay yangilik bo‘ladi deb aytish mumkin. Kitobni tayyorlashda tarjimon, muharrirlar, korrektorlar, olimlar va konsultantlardan iborat 30 kishidan ortiq jamoa ishlagan. Matn sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o‘tgan va kitobning o‘zi Turkiyada chop etilgan.

Kitob hozirda asaxiy.uz internet-do‘koni orqali sotilmoqda va O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib berish imkoni mavjud.

Quyidagi havola orqali buyurtma berish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.