UFI Yevropa konferensiyasi har yili ko‘rgazma sanoati sohasidagi xalqaro va milliy birlashmalar hamda ularning hamkorlarini qamrab oladigan, butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadigan sanoat tashkiloti bo‘lgan UFI Butunjahon ko‘rgazma sanoati birlashmasi tomonidan tashkil etiladi. UFI birlashmasi oltita qit’aning 85 mamlakatidagi 239 ta shahardan 684 ta tashkilot a’zosini birlashtiradi.

caex, реклама

2023-yil 14−16-iyun kunlari Niderlandiyaning Maastrixt shahrida UFI Yevropa konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda yirik ko‘rgazma sanoati vakillari ishtirok etdilar. Messe Frankfurt (Germaniya), Fiyera Milano (Ispaniya), Koelnmesse (Germaniya), Feria Valensia (Ispaniya), Viparis (Fransiya), BolognaFiyere (Italiya) kabi xalqaro ko‘rgazmalarining taniqli tashkilotchilari bilan bir qatorda O‘zbekistonda yangi ko‘rgazma maydoni bo‘lgan Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) ham ishtirokchilar orasidan joy oldi.

caex, реклама

Ushbu konferensiya butun sanoat vakillari uchun har yili o‘tkaziladigan muhim uchrashuvdir. Konferensiya ko‘rgazma tashkilotchilari faoliyatini targ‘ib qiladi, hamda Assotsiatsiya a’zolari va umuman ko‘rgazma sanoati manfaatlarini himoya qiladi. Uyushma o‘z navbatida xalqaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

O‘zbekistondagi yangi ko‘rgazma maydoni bo‘lgan CAEx ham UFI Assotsiatsiyasi kabi o‘z oldiga O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, qulay biznes muhitini shakllantirish va mamlakat biznes madaniyatini yaxshilash hamda raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

Yangi ko‘rgazma markazi mintaqaning ekspomadaniyatini rivojlantirish va xalqaro hamkorlarga Markaziy Osiyoni ishonchli va istiqbolli biznes hamkor sifatida tanitish imkoniyatini berish uchun zamonaviy biznes maydonini shakllantirishga intiladi.

CAEx ko‘rgazma maydoni 2023-yil sentabr oyidan biznes uchun diqqatga sazovor joy bo‘lishga tayyor bo‘ladi.

Telefon: (+998) 78−113−33−33.

CAEx manzili: Mirzo Ulug‘bek tumani, “Barkamol” QFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 1.
Mo‘ljal: Akfa universiteti

Sayt: caex-uzbekistan.com/
E-mail: info@caex-uzbekistan.com

Reklama huquqlari asosida.