12-iyun kuni Toshkent shahrining 2 ta tumanida ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar bermoqda.

Yakkasaroy tumanida: Usmon Nosir, K. Yashin, Jambil, Tadbirkor hamda Mirahmedova ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumanida: Shohsanam, Latofat va Bunyodkor ko‘chalari hududida soat 10:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti uziladi.