“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda issiq kunlarda tayyorlab ichish mumkin bo‘lgan rang-barang yaxna ichimliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

Moxito — bu muz bo‘lakchalari solingan muzdek gazli, nordon laym yoki limon va xushbo‘y yalpiz aralashmasi jamlangan ichimlik hisoblanadi. Uning proporsiyasini o‘z ta’bingizga qarab o‘zgartirishingiz mumkin. Agar sizga limon yoki yalpiz ko‘proq yoqsa, unda ko‘proq solavering.

Malinali moxito

zira.uz

Yaxna va tetiklantiruvchi, shirasi ham me’yorida bo‘lgan malinali moxito ichimligi issiq kunlarda chanqoqni qondirishda juda qo‘l keladi.

Limonad

zira.uz

Limonad yoz faslida eng sevib ichiladigan ichimliklardan biridir. Yorqin rangli, nordon ta’mli bu ichmlik bilan jazirama yoz sizga qo‘rquv solmaydi.

Shaftolili limonad

zira.uz

Shaftolilar mavsumida ajoyib ichimlik tayyorlang va uning mazasidan bahramand bo‘ling. Bir qultumgina ichib, avval shaftolining yoqimli ta’mi, so‘ng esa limon va yalpizning o‘zgacha mazasini his qilasiz!

Tayyor siroplardan limonad

zira.uz

Tayyor siroplar yordamida uy sharoitida tez va oson limonad tayyorlash mumkin.

Muzdek qahvali ichimliklar

zira.uz

Yozda qahvali ichimliklar sizni isitmaydi, balki salqinlashtiradi. Bunda ikki xil qahvalik salqin ichimlik tayyorlanish usulini taklif qilamiz.

Uyda tayyorlangan Ice tea

zira.uz

Mazali va chanqoqbosdi Ice tea ichimligini uyda tayyorlash mumkin bo‘lib, u ham yoqimli ham foydalidir.

Mevali kompot

zira.uz

Kompot — foydali va mazali ichimlik, uni barcha mavsumda tayyorlash mumkin, ayniqsa yozda unga teng keladigani yo‘q.

Qulupnay-yalpizli limonad

zira.uz

Qulupnay va yalpizli limonad nafaqat mazasi, balki ajoyib yorqin ko‘rinishi bilan kayfiyatni ko‘tara oladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.