XXI davr insoni taxminan har uch yilda noutbukni qanday tanlash kerakligi borasida tanlovga duch keladi. Qaysi noutbuk yaxshiroq, yaxshi kompyuterning narxi qancha, qo‘shimcha parametrlar uchun ortiqcha to‘lashga arziydigan noutbuk xarid qilishda marketing aldovlariga duch kelib qolmasmikinman, degan savollar o‘ylantiradi.

Ushbu maqolada Toshkentda noutbuk sotib olish bo‘yicha sizni qiziqtirgan savollar bo‘yicha kerakli ma’lumotlar beriladi. Maqola ortiqcha to‘lovsiz noutbuk tanlashni bilmoqchi bo‘lganlar uchun foydali bo‘ladi. Notebookoff kompaniyasining vakillari 2023-yilda ish, o‘qish, ofis, o‘yinlar yoki shunchaki uy uchun noutbukni qanday tanlashni oddiy so‘zlar bilan tushuntirib o‘tadi.

Toshkentda aksiya bilan noutbukni qanday tanlash mumkin?

Agar sizni aksiyada bo‘lgan noutbuklar katalogi va uning narxlari qiziqtirsa, havola bo‘yicha o‘tib, hozirgi narxlar bilan tanishsangiz bo‘ladi.

Noutbukni qanday tanlash kerak?

Noutbukni tanlash uchun qaysi parametrlarga e’tibor berish kerakligi — muhim jihat. Uni ishlab chiqargan kompaniya va necha yil xizmat qilishi ham e’tibordan chetda qolmasligi zarur.

Noutbukni tanlash unga bo‘lgan talablaringizdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Talablarga asoslanib, parametrlar tanlanadi. Qoidaga ko‘ra, o‘yin noutbuki yoki fotoshopda jiddiy ishlash uchun mos keladigan noutbuk ofisda ishlash yoki uyda video va Word fayllarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan noutbukdan quvvat jihatidan sezilarli darajada farq qiladi. Bundan tashqari, narxida ham katta farq bor. Shuningdek, texnikaning ishonchliligi noutbukni ishlab chiqargan kompaniyaga ham bog‘liq. Notebookoff.uz onlayn-do‘konida Lenovo, Samsung, Apple, Dell, Asus, Acer, HP kabi ishonchli ishlab chiqaruvchi kompaniya mahsulotlarini topishingiz mumkin.

noutbookoff, реклама

Toshkentda noutbuk narxlari qanday?

Noutbuklar narxini shartli ravishda uchga bo‘lish mumkin:

  • 300 dollargacha;
  • 300 dan 700 dollargacha;
  • 700 dan 5000 dollargacha va undan yuqori.

Narx ishlab chiqaruvchi, noutbuk komponentlari va unga ishlatilgan materiallarga bog‘liq. Odatda narx qanchalik baland bo‘lsa, ishlash shunchalik sifatli bo‘ladi, deyiladi. Lekin har doim ham emas.

Yupqa alyuminiy korpusli va 13−14 dyuym displeyli ultrabuk noutbukining narxi xuddi shunday xarakteristikaga ega 15,6 dyuymli displey va plastik korpusli ultrabuk noutbukidan 300 dollar qimmatroq bo‘lishi mumkin. Bunday holatda shuni bilish kerakki, imidj va tashqi ko‘rinish uchun ortiqcha to‘lov mavjud, ish esa har ikki variantda bir xil amalga oshiriladi.

Noutbuk tanlashda foydali tavsiyalar

Noutbookoff to‘rta narx segmentidagi modellarda to‘xtashni tavsiya qiladi. Agar siz qanday kompyuter kerakligini aniq bilmasangiz, shuningdek, murakkab o‘yinlarni o‘ynamasangiz, unda 300 dan 700 dollargacha bo‘lgan modelni tanlaganingiz ma’qul. Shunda siz optimal ish samaradorligiga ega bo‘lasiz va qo‘shimcha detallar uchun ortiqcha sarf-harajat qilmaysiz.

Narxi 300 dan 700 dollargacha bo‘lgan noutbuklar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. Ular deyarli har qanday vazifani bajaradi va siz uchun qulay narxda optimal ishlash samaradorligiga ega.

noutbookoff, реклама

Ofis va o‘qish uchun noutbuk tanlash

Ushbu vazifalar uchun narxi taxminan 300 dollar bo‘lgan boshlang‘ich darajadagi modellar mos keladi. Ofisda ishlayotganda ko‘pincha katta imkoniyatlar talab qilinmaydi. Noutbuk brauzerda ishlash, pochta, PDF va Word, Exel fayllarini ochish va ishlashga mos bo‘lishi kerak.

Agar sizga ofis yoki o‘qish noutbuki kerak bo‘lsa, u holda 15,6 o‘lchamdagi “matovыy” displeyli modellarni tanlashingiz mumkin. U ishlash uchun qulay va ko‘zingizni kamroq charchatadi. Ko‘pincha ko‘zning charchashi tufayli mahsuldorlik yo‘qoladi. O‘lchami katta displeyni ham olishingiz mumkin, ammo displey qanchalik katta bo‘lsa, narx shunchalik yuqori bo‘ladi. Notebookoff`ga ko‘ra, eng arzon va eng yaxshi variant — 15,6 dyuym.

Noutbookoff`ning Toshkentda ofis va o‘qish uchun noutbuk xarid qilish uchun tavsiyalari:

  1. Intel Celeron protsessori. Ishlash samaradorligi bo‘yicha Celeron`dan keyin Pentium, keyin esa i3, i5, i7.
  2. RAM 4 GB dan kam bo‘lmagan operativ xotira.
  3. Diskret videokartasiz. Qattiq diskning o‘zi yetarli. SDD varianti yaxshiroq, lekin oddiy HDD dan ham foydalanish mumkin. Hajmi muhim emas.
  4. 15,6 dyuymli “matovыy” displey.

Ofis va o‘qish noutbuklari assortimenti va narxlar katalogini havola orqali ko‘rib chiqishingiz mumkin.

noutbookoff, реклама

Fotoshop va grafika uchun noutbuk tanlash

Photoshop, CorelDRAW, 3dMax kabi turli xil dasturlarda grafika va video bilan ishlash, video va fotosuratlarni professional darajada qayta ishlash uchun protsessor, operativ xotira va videokarta birinchi o‘rinda turadi. Tavsiya etilgan xususiyatlar:

  • operativ xotira — 8−16 GB;
  • protsessor — Intel i5 i i7;
  • diskret videokarta — 3−4−6 GB;
  • fotosuratlar bilan ishlash uchun — IPS-matritsasi.

Agar siz yuqorida nomi keltirilgan dasturlarda jiddiy ishlamoqchi bo‘lsangiz, unda birinchi navbatda so‘nggi avlod i7 protsessoriga ega noutbukni tanlaganingiz ma’qul. Bunday noutbuklarning narxi 700−800 dollardan boshlanadi. Oldinga qo‘yilgan vazifani samarali bajarishga yordam beradi.

Turli dasturlarda ishlash uchun mo‘ljallangan noutbuk narxlari va Notebookoff.uz onlayn-do‘konidagi aksiyalar bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘yin uchun noutbuk tanlash

O‘yin noutbuklari va ularning tanlovi ish uchun mo‘ljallangan noutbuklar bilan deyarli bir xil. Eng muhim detallar protsessor va videokarta bo‘lib, quyidagi parametrlar optimal sanaladi:

  • protsessor — i5-i7;
  • 4 GBdan katta video karta;
  • RAM 8 GBdan boshlangan operativ xotira.

Bunda protsessor, video karta va RAM muhim ahamiyatga ega. Xususiyatlari qanchalik baland bo‘lsa, tasvir sifati shunchalik yaxshi bo‘ladi va qotib qolish holatlari kam uchraydi. O‘yin uchun noutbukni tanlashda video kartaning modeli va ishlashiga e’tibor berish va protsessorning ishlashi haqida unutmaslik kerak. Bu yerda balans muhim, i7 protsessorini sotib olish shart emas, siz i5 sotib olsangiz ham bo‘ladi, lekin yaxshi video karta bilan.

Narxlar jiddiy ish uchun mo‘ljallangan noutbuklar bilan deyarli bir xil va ko‘pincha ming dollardan oshadi.

Toshkentda o‘yin noutbuklari narxlari va Notebookoff.uz onlayn-do‘konidagi aksiyalar bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Notebookoff.uz onlayn-do‘konida siz o‘zingiz istagan, har qanday talablaringizga javob beradigan qulay narx va shartlar asosidagi noutbuklarni xarid qilishingiz mumkin. Dukon mutahassislari ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymasdan optimal variantdagi mahsulotni tanlashingizda yordam beradi.

Sayt: notebookoff.uz

Telefonlar: (+998) 99−633−31−11, (+998) 98−123−12−11, (+998) 97−177−38−00.

Reklama huquqlari asosida.