Sankt-Peterburg — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha havo kemasi bortida jamoat tartibini buzgan yo‘lovchiga ma’muriy jazo tayinlandi, deya xabar bermoqda Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.R. mast xolda ekipaj a’zolari bilan janjallashgan. Unga nisbatan Toshkent shahri aeroportlarida xafvsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo‘yicha hjjatlar rasmiylashtirilgan.

29-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sergeli sudi tomonidan fuqaroga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.