UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalar qatori uchun shartnomalar tuzish boshlanganligini ma’lum qildi.

Kompaniya matbuot xizmatining qayd etishicha, shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qoladi.

Bugundan boshlab, quyidagi modellarga shartnoma rasmiylashtirish mumkin:

Chevrolet Tracker

Avvalgi komplektatsiyalar:

  • LS — 211 454 880 so‘m.
  • LTZ — 231 196 000 so‘m.
  • Premier — 251 142 080 so‘m.

Qo‘shimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:

  • LS Plus — 223 824 160 so‘m.
  • LTZ Plus — 246 981 280 so‘m.
  • Premier Plus — 276 016 160 so‘m.
  • Redline — 285 834 080 so‘m.

Chevrolet Onix

Avvalgi komplektatsiyalar:

  • Premier 1 — 207 347 000 so‘m.
  • Premier 2 — 214 748 000 so‘m.

Qo‘shimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:

  • Premier 2 Plus — 221 640 160 so‘m.
  • Redline — 230 624 800 so‘m.

Ta’kidlanishicha, Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa o‘rindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qo‘shimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.