“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda bahoriy mavsumga mos qulupnayli shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qulupnayli mini-piroglar
Qulupnay mavsumida o‘zingizni ajoyib mini-piroglar bilan siylang. Bu pishiriq juda oson tayyorlanadi.
Qulupnayli muzqaymoq
Shirin va xushbo‘y qulupnayli muzqaymoq — zararli qo‘shimchalarsiz oddiy va tabiiy shirinlik.
Qulupnayli keks
Choy bilan ichish uchun mazali kefir asosida tayyorlanadigan va qulupnay bilan bezatilgan oddiy keks.
Pishirishni talab etmaydigan qulupnay va tvorogli tort
Oson tayyorlanadigan, pishirishni talab etmaydigan qulupnayga ega tvorogli tortni mavsumga qaramay yangi chiqqan qulupnay yoki muzlatilgani bilan tayyorlash mumkin.
Italyancha qulupnayli pirog
Ushbu oddiy va shu bilan birga ajoyib vanil, dolchin va qulupnay ta’mlarini o‘zida mujassamlashtirgan pirog juda tez va oson tayyorlaniladi.
Tvorog va qulupnayli pirog
Tvorog va qulupnayli pirog — bunday ajoyib ta’mga ega pirog kattayu kichikka birdek yoqishi aniq.
Qulupnayli pechenelar
Yumshoqina va og‘izda erib ketuvchi qulupnayli pechenelar ayniqsa bolajonlarni juda quvontirib yuborishi shubhasiz.
“Frezye” torti
Mayin biskvit, plombir muzqaymog‘ini eslatuvchi krem, qulupnay — bularning hammasi fransuz konditerlari tomonidan o‘ylab topilgan “Freze” tortida mavjud.
Qulupnayli puding
Yengil va yumshoq, xuddi suflega o‘xshab ketuvchi shirinlik — qulupnayli puding. Uni xohishga qarab, muzqaymoq bilan ham iste’mol qilish mumkin.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.