Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Cenomi Group`ning O‘zbekiston bozoriga kirishi haqida e’lon qilindi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Cenomi Tashkent City Mall loyihasida taqdim etiladi. Cenomi (sobiq Al Hokair) portfeliga Inditex guruhining Zara, Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Pull & Bear, Oysho va Stradivarius kabi brendlari kiradi.

Qayd etilishicha, Cenomi Saudiya Arabistoni Qirolligidagi eng yirik franchayzing riteylchisi bo‘lib, yaqin sharq va MDH mintaqalarida 1728 ta do‘kon va 92 ta brendni qamrab oladi.