“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil mazali bayramona taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

“Lola” somsasi

zira.uz

Somsa xamiri juda tez tayyorlanadi, taom ham juda lazzatli va og‘izda erib ketadigandek bo‘lib pishadi, go‘shtli nachinkasi esa barchaga yoqishi aniq.

Qaynatma sho‘rva

zira.uz

Ushbu sho‘rva retsepti qo‘y go‘shti, barra sabzavotlar va xushbo‘y ziravorlardan tashkil topgan.

Pechda pishirilgan tandir somsa

zira.uz

Hech nima tandirda pishirilgan somsaga yetmaydi, ammo pechda ham unga o‘xshash somsaни tayyorlasa bo‘ladi.

Bayramona osh

zira.uz

Ushbu palovni “Bayramona” deb atashlari bejizga emas — axir u bayramona dasturxonga to‘liq loyiq.

Somsa-sho‘rva

zira.uz

Ko‘za shaklidagi noodatiy somsa nafaqat sizning oila a’zolaringizni, balki mehmonlarni ham hayratda qoldiradi.

“Atirgul” manti

zira.uz

Mantilarning bunday noodatiy ko‘rinishi — dasturxonga tortganda chiroyli ko‘rinadi.

Tok oshi

zira.uz

Ajoyib tok oshi ayni bahoriy bayramona ko‘rinishga ega taom.

Tayyor filo xamiridan tayyorlangan pistali paxlava

zira.uz

Yupqa filo xamiri qatlamlari, issiq shakar siropi, eritilgan sariyog‘ va pista — mashhur sharqona shirinlikning siri.

Noodatiy asalli qush tili

zira.uz

Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao bo‘ladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.