O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirlik hamda “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra, mahallalardagi 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim oladi.
Loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari shu yilning kuz oylarida Xitoyda ikki haftalik amaliyot o‘taydi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan.