Shuxrat Dauletiyarov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda kengash matbuot xizmati.

U qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga mas’ul bo‘ldi. Bunga qadar Shuxrat Dauletiyarov qurilish sohasida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz”ning Kapital qurilish va ta’mirlash boshqarmasi boshlig‘i, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, direktor o‘rinbosari, Davlat avtomobil transporti yo‘llarini qurish va ta’mirlash boshqarmasi boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan. Hisob palatasida strategik ahamiyatga ega korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi va nazorati sohasida ham faoliyat yuritgan.