O‘zbekiston shaharlaridan Istanbul, Dubay va Sharjaga sayohatni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar UzAirways aviakompaniyasidan aviachiptalarni 40% gacha chegirma bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

30 martdan boshlab UzAirways aviakompaniyasi Toshkent va Farg‘onadan Dubay va Sharjaga yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar narxini pasaytiradi. Shunday qilib, Toshkent — Dubay — Toshkent aviachiptasi narxi 2 427 000 so‘mdan, Farg‘ona — Dubay — Farg‘ona reyslarida aviachipta narxi 2 451 000 so‘mdan boshlanadi, Toshkent — Sharja — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni 2 304 000 so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.

реклама

Shuningdek, 30 martdan 14 maygacha UzAirways O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulga barcha yo‘nalishlarda maxsus chegirmalarni joriy qilmoqda. Belgilangan muddatda chipta sotib olayotganda aviakompaniya ekonom-klass yo‘lovchilari uchun tarifga 20%, biznes-klass yo‘lovchilariga esa 40% chegirma taqdim etadi.

Chegirmalar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganchdan Istanbulga belgilangan muddatdagi barcha reyslarga amal qiladi.

UzAirways bilan qulay narxlarda Dubay, Sharja va Istanbulda sayohat qilishingiz mumkin.

Batafsilroq ma’lumotlarni Uzbekistan Airways Sales filiali hamda Uzbekistan Airways aloqa markazidan (+998) 78−140−02−00 raqami orqali olishingiz mumkin.

Filial manzili: Amir Temur ko‘chasi, 51.

Reklama.