Navro‘z go‘zal shukuhi, sof nafasi, sog‘intirib kelishi bilan o‘zgacha. Har gal go‘yo yangitdan kashf etilgandek. Bahor fasli va tabiat uyg‘onishining timsoli, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish bu ayyomni orziqib kutish, baland ruh va katta xursandchilik bilan nishonlash o‘zbek halqi uchun olijanob an’anaga aylanib qolgan. UzAuto homiyligida Toshkent viloyati Nurafshon shahrida nishonlangan tarixi necha ming yillik o‘tmishga borib taqaluvchi Navro‘z shodiyonasida ana shu milliy urf-odatlar qayta tiklangandek bo‘ldi.

реклама

Navro‘z tantanasi birdamlik va rizq-ro‘z bayramidir. Nurafshon shahrida joylashgan Nurafshon Auto Centre dilerlik markazi yosh-u katta, bolalar o‘yin-kulgusi, quvonchi va zavqi bilan har galgidanda gavjum bo‘ldi. Shodiyona munosabati bilan mazkur hududda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 100`ga yaqin oilalar uchun tantanali tadbir tashkil etildi. Bularning hammasi aholini yanada jipslashtirish, bir-birlariga nisbatan mehr va muruvvatni yanada mustahkamlash yo‘lidagi hayrli tashabbusdir.

реклама

Tadbirni UzAuto boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov va Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Saliyev ochib berib, barchani yasharish va yangilanish va ezgu niyatlar ayyomi Navro‘zi olam bilan samimiy tabrikladilar.

«Navro‘z — xalqimiz ma’naviyatining ajralmas qismi sanaladi. Shu bois ham nafosat timsoli bo‘lgan ushbu bayramni orziqib kutamiz. Davlatimiz rahbari bu bayramni o‘zgacha ruxda o‘tkazish maqsadida qabul qilgan qarorlarida xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etadi. Sizlarni ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etaman. Mana shu qutlug‘ kunda sizlarga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilaymiz. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, farovonlik va qut-baraka olib kelsin», — dedi Shavkat Umurzakov.

реклама

Necha yuz yillik an’ana va qadriyatlar, milliy kuy-qo‘shiqlar, turli o‘yinlar-u tomoshalar ayni bahor tarovati bilan yanada jozibali. Xonandalar tomonidan ijro etilgan bahor, yoshlik va Navro‘zni madh etuvchi kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlar qalbini ham bahor osmoniday beg‘ubor quvonchlarga to‘ldirdi. Shou dasturlar barchaga chinakam bayram kayfiyati ulashdi. Har bir bo‘lib o‘tgan namoyishda o‘z husni tarovatini ko‘z-ko‘z etib kelgan bahor nafasini tuyish mumkin.

реклама

Tadbir yakunida «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi «Ayollar», «Yoshlar», «Temir», «Mehr» daftarlariga kiritilgan hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand aholining muammolarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazdi.

реклама

Qolaversa, Navro‘z shodiyonasi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi, qariyalar, nogironlar, bemorlar va muhtojlar holidan xabar olindi.

Reklama huquqlari asosida.