Bekzod Abduqayumovich Shukurov O‘zbekiston bosh vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri vazifasida ishlagan.

Bungacha hukumat rahbari matbuot kotibi lavozimida uzoq yillar Baxtiyor Madaminovich Xasanov ishlagan. U nafaqaga chiqqani munosabati bilan 11 fevral kuni lavozimidan ozod etilgandi.