Hozirgi kunda munosib kadlarni topish murakkab va uzoq jarayondir. Kompaniyalar insofsiz ish izlovchilarga duch kelmoqdalar, ular tomonidan noto‘g‘ri ish tajribasini ko‘rsatish, telefon orqali belgilangan suhbatlarga kelmay qolish holatlari ko‘p kuzatilmoqda.

Munosib kadrlarning yetishmasligi har qanday korxonaning asosiy «og‘riqli nuqtasidir». Jamiyat, texnologiyalar, dunyoqarashlar shiddat bilan rivojlanishda davom etmoqda. Har qanday biznes faqat zamon bilan hamnafas bo‘lgandagina rivojlanishi mumkin. Vaqt — bu pul. Bizneslar kengaygani sari raqobat ham ortib bormoqda. Katta shaharlar tobora o‘zlariga bo‘lgan jozibadorlikni oshirish hisobiga asosiy inson kapitalini ham jalb qilmoqda.

So‘nggi yillardagi bozor tahlili keksa avlod tadbirkorlik konikmalarini rivojlantirishda qiynaladi degan xulosaga olib keladi. Kapitalistik tizimga o‘tish ular uchun juda qiyin. Yosh avlod esa — boshqacha, ularning ta’limi yetarli darajada emas, amaliy ko‘nikmalar kam yoki umuman yo‘q va ambitsiyalar, shu jumladan, ish haqi bo‘yicha kutilmalari yuqori bo‘lishi mumkin.

Bunday vaziyatda kompaniyalar qanday yo‘l tutgani ma’qul?

Hozirgi sharoitda faqat birgina yo‘l bor — maqsadli ravishda xodimlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanish kerak. Bu yerda gap nafaqat xodimlar uchun kurslar sotib olish, balki kompleks yondashuv haqida ketmoqda. Kompleks yondashuv xodimning shaxsiy rivojlanishini, uning malakasini korxona uchun zarur bo‘lgan tarzda takomillashtirish, qadriyatlar tizimini, ya’ni korxona madaniyatini joriy etishni, HR-brendini yaratishni o‘z ichiga oladi.

HR bo‘limi xodimlarni rivojlantirish jarayoni bilan sifatli shug‘ullanishi uchun ularning kundalik vaqtlarining asosiy qismini oluvchi ish, ya’ni xodimlarni ishga olish jarayoni — rekrutmentni optimallashtirishni talab etadi. Bu sohani avtomatlashtirish oson va bozorda tayyor yechimlar mavjud. Bular nomzodlarni boshqarish tizimlari (Applicant tracking system — ATS) deb yuritiladi.

Masalan, ISH.UZ tizimi, HH.uz va boshqa qator ish izlash saytlari bilan integratsiya yo‘lga qo‘ygan. O‘zbekiston bozorida shunga o‘xshash boshqa tizimlar ham mavjud. Ular funksiyalar to‘plami va interfeysi, analitik imkoniyatlari, o‘rnatish formati, integratsiya qilingan ish izlash saytlari soni, ijtimoiy tarmoqlar va mos keladigan messenjerlar bilan ajralib turadi.

ISH.UZ — bu milliy tizim. Bozorda turli xil xorijiy yechimlar ham mavjud, ammo O‘zbekiston Respublikasining 2 iyul 2019 yildagi «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi» O‘RQ-547- son qonuniga muvofiq, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi kerakligini inobatga olinsa, bu xorijiy yechimlar bilan ishlash bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

MDH hududidagi HR-Tech bozori endi rivojlanish bosqichida, shuning uchun ishga qabul qilishning barcha muammolariga yechim bo‘la oladigan mukammal tizim hali mavjud emas. Xizmatlar o‘z imkoniyatlarini faol ravishda kengaytirmoqda, hozirda bozorda eng moslashuvchan xizmatlardan biri — ISH.UZ. Xizmatga bir yillik obunaga ega bo‘lganda ular foydanaluvchi kompaniyaning tizimlari bilan deyarli har qanday integratsiyani amalga oshirish imkoniyatiga egalar.

Bugungi kunda ISH.UZ ATS`ning asosiy funksiyalari:

  • ijtimoiy tarmoqlardan va ish qidirish saytlaridan rezyumelarni yig‘ish;
  • nomzodlarning yagona bazasini shakllantirish;
  • har bir nomzodning tarixini saqlab borish;
  • bo‘limlar va menejerlar tomonidan vakanciya uchun arizalar yaratish (o‘ziga kerakli xodim uchun);
  • arizalar va nomzodlarni kompaniya ichidagi manfaatdor tomonlar (rahbarlar, xavfsizlik xodimlari) bilan kelishish;
  • ish izlovchilarga takliflarni shakllantirish (avtomatik xabarlar);
  • tizimdan nomzodlar bilan yozishmalar (pochta, SMS, messenjerlar);
  • suhbatlarni belgilash va ishtirokchilarni kalendarga kiritish;
  • testlarni yuborish (nomzodlar vakansiyaga taklif yuborish jarayonida yechishadi);
  • hisobotlarni shakllantirish.

O‘rtacha avtomatlashtirish HR-bo‘limining vaqtini 20−50% gacha tejaydi, bu esa kompaniyaga barqaror HR-brendini yaratishga va kadrlar almashinuvini kamaytirishga yordam beradi, buning natijasida kompaniya yiliga har bir lavozim bo‘yicha xodimning o‘rtacha besh ish haqisiga teng pul miqdorini o‘zida saqlab qola oladi.

Hamkorlik materiali.