27-fevral kuni Fransiya poytaxti Parijda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirladi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi (“PSJ”, Argentina) bo‘ldi. Ushbu nominatsiya uchun Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya) va Karim Benzemaning (“Real”, Fransiya) ham nomzodi qo‘yilgandi.

Lionel Messi. Foto: Instagram

“Bu yil men uchun juda ajoyib bo‘ldi. Shuncha kurash, shuncha izlanish, shuncha isyonim natijasida orzumga erishdim. Bu — faoliyatim davomida sodir bo‘lgan eng go‘zal voqea”, — deya ta’kidladi futbolchi.

Yilning eng yaxshi darvozaboni: Emiliano Martines (“Aston Villa”, Argentina). Boshqa nomzodlar: Yasin Bunu (“Sevilya”, Marokash), Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya).

lionel messi, the best

Yilning eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasida Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi, Argentina) g‘olib bo‘ldi. Ushbu nominatsiyani Karlo Anchelotti (“Real”, Italiya), Pep Gvardiola (“Manchester Siti”, Ispaniya) ham qo‘lga kiritishi mumkin edi.

lionel messi, the best

Lionel Skaloni. Foto: FIFA.

  • Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Aleksiya Putelyas (Barselona, Ispaniya).
  • Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni: Meri Erps (“Manchester Yunayted”, Angliya).
  • Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi: Sarina Vigman (Angliya, Niderlandiya).
  • Yilning eng yaxshi goli uchun Pushkash mukofoti: Marsin Oleksi (Varta, Polsha).

Argentina terma jamoasi muxlislari “Yilning eng yaxshi muxlislari” nominatsiyasidagi sovrinni, “Kremoneze"ning gruziyalik himoyachisi Luka Lochoshvili “feyr-pley” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Qolaversa, erkaklar o‘rtasida yilning ramziy terma jamoalari 3−3−4 sxemasida ko‘rinish oldi:

lionel messi, the best

Darvozabon: Tibo Kurtua (“Real” / Belgiya);

Himoyachilar: Ashraf Hakimi (“PSJ” / Marokash), Virjil Van Deyk (“Liverpul” / Niderlandiya), Joau Kanselu (“Bavariya” / Portugaliya);

Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti” / Belgiya), Luka Modrich (“Real” / Xorvatiya), Kazemiro (“MYU” / Braziliya);

Hujumchilar: Kilian Mbappe (“PSJ” / Fransiya), Karim Benzema (“Real” / Fransiya), Erling Holand (“Manchester Siti” / Norvegiya), Lionel Messi (“PSJ” / Argentina).