O‘zbekistonlik bokschilar Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha «Kichik jahon chempionati» nomini olgan «Stranja» turnirida 18 ta medal oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

74-bor tashkil etilgan ushbu musobaqada 38 mamlakatdan 398 nafar sportchi qatnashdi. Musobaqani O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 18 ta medal bilan turnirni birinchi o‘rinda yakunladi. Ikkinchi o‘rinni Bolgariya, uchinchi o‘rinni esa AQSh band etdi.

2022 yilda ham mazkur turnir o‘zbekistonliklar uchun omadli kelgandi. O‘shanda ham ular 6 ta oltin va 1 ta bronza olib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagandi.

2023 yilgi natijalar bo‘yicha oltin medal:

  • -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev;
  • -51 kg: Hasanboy Do‘smatov;
  • -63.5 kg: Mujbillo Tursunov;
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov;
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev;
  • +92 kg: Bahodir Jalolov.

Kumush medal:

  • -54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov;
  • -60 kg: Adhamjon Muhiddinov;
  • -63.5 kg: Ruslan Abdullayev;
  • -67 kg: Begzod Hamidov;
  • -48 kg: Saidaxon Rahmonova.

Bronza medal:

  • -60 kg: Shunqor Abdurasulov;
  • -60 kg: Dilshod Abdumurodov;
  • -63 kg: Xadichabonu Abdullayeva;
  • -71 kg: Nurislom Ismoilov;
  • -75 kg: Havasbek Asadullayev;
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev.