13 apreldan boshlab O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Kunchiqar mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi. Toshkent — Tokio yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi 8 475 676 so‘mdan, Toshkent — Tokio — Toshkent yo‘nalishida esa 14 965 587 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarning taqdim etilgan narxlari 20 fevral holatiga ko‘ra amal qiladi. Ularni aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali 3 foiz chegirma bilan, shuningdek, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

Avvalroq Yaponiyaning «All Nippon Airlines» aviakompaniyasi O‘zbekistonning turistik shaharlari (Samarqand, Buxoro, Urganch) ga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni taklif etgandi. Shuningdek, tomonlar Tokio va Osaka shaharlaridan Samarqand shahriga charter dasturlarini amalga oshirishga kelishib olgandi.