Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida Chevrolet Onix avtomobili ommaviy ishlab chiqarilishi boshlanishi tantanali ravishda nishonlandi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Yangi Onix Chevrolet Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 427,6 mln dollar miqdorida investitsiyalar kiritilgan. Chevrolet Onix avtomobili ishlab chiqarish 50 foizgacha mahalliylashtirilgan, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

onix

Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

  • 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
  • 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.

4LT komplektatsiyasida bazaviy opsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish smart kalit (key) va yoqish start/stop tizimi, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.

Avtomobil isitish tizimiga ega charm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi o‘rindiqlar bilan jihozlangan, shuningdek salonda simsiz quvvatlash tizimi mavjud.

onix

LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooth va Hands-Free hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.

Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kalonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi o‘rindig‘ini balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa bir qator qulaylik uchun zarur bo‘lgan opsiyalarga ega.

Bundan tashqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka ko‘tarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar o‘chishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), to‘xtash tizimi datchiklari (Park-Assist) va bolalar o‘rindig‘ini o‘rnatish tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.

Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.

onix

Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boshqaruvni ta’minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlanish imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi va avtomobilning turli yo‘l qismlarida hamisha barqaror turishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.

2023 yilda Chevrolet Onix Premium avtomobilidagi qo‘shimcha opsiyalar:

  • klimat kontrol;
  • yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
  • old partroniklar;
  • ko‘rinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;
  • orqa o‘rindiq isitish tizimi;
  • lyuk;
  • to‘liq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar.
  • salonda haydovchi, old o‘rindiq va orqa o‘rindiq yo‘lovchilar uchun alohida yoritish tizimi;
  • original dizaynli quyma disklar va boshqalar.