Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolarni aylanma yo‘llar bilan AQSh davlatiga noqonuniy yuborayotgan jinoiy guruh a’zolardan birining faoliyatiga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Buxoro shahrida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan M.F. fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan Yevropa ittifoqi davlatlari va Meksika orqali AQShga yuborish bilan shug‘ullangan. U samarqandlik fuqaroni AQShga yuborish uchun 15 ming dollar so‘ragan.

Tezkor tadbir chog‘ida M.F. puldan uch ming dollarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.