Mijozlarga ijobiy sharoitlar yaratish va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2023 yil 31 yanvarda “Agrobank” ATB AQShning eng yirik banklaridan biri — The Bank of New York Mellon (BNY Mellon) bilan AQSh dollarida hisobvaraq ochish bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatdi.

BNY Mellon bankida vakillik hisobvarag‘ining ochilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitoblarni amalga oshirish, xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini rivojlantirish hamda jahon moliya bozorida bankning maqomini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Reklama.