Britaniya menejment universiteti (BMU) O‘zbekistondagi xalqaro darajadagi universitet bo‘lib, 2020 yil 8 mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan. BMUda ta’lim quyidagi dolzarb yo‘nalishlarda olib boriladi: moliya va bank ishi, xalqaro buxgalteriya hisobi, loyihalarni boshqarish, xalqaro logistika, raqamli marketing, tadbirkorlik va innovatsiyalar.

Barcha fanlar, jumladan, biznes fanlari ham Massachusets texnologiya instituti (MIT), Garvard, Kembrij va boshqa taniqli universitetlarda ta’lim olgan yuqori malakali o‘qituvchilardan iborat xalqaro jamoa tomonidan ingliz tilida o‘qitilmoqda.

реклама

2023 yildan boshlab BMUda uchta yangi yo‘nalish uchun ro‘yxatga olish ochiq:

  • «Axborot tizimlari boshqaruvi bakalavriati»;
  • «Biznes boshqaruvi bakalavriati»;
  • «Aloqa va jamoatchilik bilan aloqalar (PR) bakalavriati»;
  • «Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish bakalavriati».

Foundation BMU dasturi Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi universitetlardan biri bo‘lgan Reading universiteti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. BMU bakalavriat dasturi Qirolicha Margaret universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan akkreditatsiya qilingan. Ikkita diplom ham xalqaro miqyosda tan olingan va nafaqat ilmiy faoliyatni davom ettirish, balki O‘zbekistonda ham, xorijda ham katta maoshli ish topish imkonini beradi.

2023−2024 o‘quv yili uchun ro‘yxatga olish ochiq, barcha dasturlar uchun qabul shartlari bir xil.

реклама

BMUga qanday kirish mumkin

Abituriyentlarga qo‘yiladigan asosiy talablar — ingliz tilini bilish darajasi kamida IELTS 5.5 (TOEFL ≥46). Til sertifikatiga ega bo‘lmaganlar uchun BMU Reading universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va akkreditatsiya qilingan bepul ichki imtihon topshirish imkoniyati mavjud. Universitet veb-saytida ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng shaxsiy kabinetingizdan imtihonga joy band qilishingiz mumkin.

Imtihon topshirish manzili: Shayxontohur tumani, Sebzor 22A.

Respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi bitiruvchilar 2023 yil bahor oylarida o‘tkaziladigan kirish imtihonlarida o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin, bu haqdagi ma’lumotlar universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy saytlariga joylashtiriladi.

Grantlar va stipendiyalar

BMU iste’dodlarni rag‘batlantiradi va IELTS 6.0 yoki undan yuqori ingliz tili darajasiga ega barcha abituriyentlarni butun o‘qish davri uchun 20% grant bilan ta’minlaydi.

реклама

2023 yilda IELTS ingliz tili darajasi 7.0 va undan yuqori bo‘lgan, matematika va shuningdek universitetning ingliz tilida suhbatidan muvaffaqqiyatli o‘tgan 100 nafar abituriyent butun o‘qish davri uchun 100% davlat grantlariga ega bo‘ladi.

An’anaga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalarning 20 nafar iqtidorli farzandlari uchun ijtimoiy grant asosida ta’limning to‘liq xarajatlari qoplanadi.

Shuninkdek, o‘quv yili davomida yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan BMU barcha talabalarining 10 foiziga semestr yakunlariga ko‘ra, har oy 1 mln so‘mgacha bo‘lgan stipendiya taqdim etadi.

Yangi kampus — yangi imkoniyatlar

2023 yil sentabr oyidan boshlab BMU talabalari Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan yangi qulay eko-talabalar shaharchasida tahsil oladilar. Umumiy maydoni 55 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan hududda muvaffaqiyatli o‘qish va talabalik hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar, zamonaviy o‘quv xonalari, 850 o‘rinli konferensiya zali, kafe, kitob do‘koni va o‘quv va ma’muriy binolar, sport va dam olish maskanlari 300 nafar talaba uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy yotoqxona (2024 yilda 600 nafar uchun bo‘ladi) mavjud.

реклама

Tayyorlov kurslari

Toshkent shahrida yashovchi 10 va 11-sinf o‘quvchilari uchun BMU tomonidan tayyorgarlik kurslari dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga 2023 yil 6 fevralda start beriladi va yaxshi mahalliy shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan til egalari tomonidan ingliz tili darslari olib boriladi. Tayyorlov kurslarining muvaffaqiyatli bitiruvchilariga BMUda kirish imtihonlarisiz va IELTS sertifikatisiz o‘qish imkoniyati taqdim etiladi.

Qabul shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni BMU veb-saytida Foundation dasturi bo‘limida yoki quyidagi shaklni formani to‘ldirish orqali olish mumkin. Siz Apply Now tugmasi orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin (saytning yuqori o‘ng burchagidagi qizil tugma).

Telefon: (+998) 95−511−99−99.

E-mail: info@bmu-edu.uz
Sayt: bmu-edu.uz
Instagram: @bmuedu
Telegram-kanal: t.me/bmuedu
Telegram-bot: t.me/BMUedubot
Facebook: fb.com/bmuedu
LinkedIn: British Management University in Tashkent.

Reklama.