O‘zbekiston hududiga Tojikiston va Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan giyohvand moddalari aniqlanib, ularning savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida Beshariq tumanida yashovchi 1987 yili tug‘ilgan fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Damas avtomashinasida Toshkent shahri bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtida to‘xtatilgan va tekshiruv vaqtida uning salon qismidan 1 kg 329 gr gashish moddasi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tumanga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan bu modda Toshkent shahrida sotilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

Bundan tashqari, viloyat IIB hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan xom karlikda Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi 1974 yili tug‘ilgan ayol boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilganda yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarodan 1 120 dona «Gerika», 400 dona «Selefon», 198 dona «Tropikamid» kabi dori vositalari topilgan.

Bu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarni yonida olib yurgan Qo‘qon shahrida yashovchi 1974 yili tug‘ilgan ayol yedi. Shuningdek tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu ayolning 2004 yili tug‘ilgan o‘g‘li boshqarib kelayotgan Lacetti markali avtomashina ham to‘xtatilganda mashina yukxonasida 250 «Tropikamid» dori vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, bu yo‘nalishda xizmatning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham viloyat ichki ishlar va bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Xususan Farg‘ona — Sirdaryo yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt avtomashinasi Guliston shahriga harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Guliston shahrida yashovchi 1995 yili tug‘ilgan fuqaroning yonida 150 dona «Regapen», 33 dona «Tropikamid» aniqlandi.

Shuningdek u bu dorilarni Qo‘qon shahrida yashovchi 1992 yili tug‘ilgan ayoldan sotib olganligi ma’lum bo‘lib, Qo‘qon shahrida ushbu ayol 50 dona «Tramadol» , 365 dona «Regapen» va 40 dona tropikamid dorilarini o‘z xaridoriga sotayotgani vaqtida qo‘lga olindi. Bu dori vositalari esa Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan yedi.

Ta’kidlanishicha, bu dori vositalari voqea joyida proyetsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.