Ayni kunlarda poytaxtda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida 12−16-yanvar kunlari Toshkent hokimligi tomonidan aholiga to‘yxonalarda bepul osh tarqatish yo‘lga qo‘yilmoqda, deya xabar qildi shahar hokimligi matbuot xizmati.

«Ushbu manzillarga yegulikka muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oilalar, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, obodonlashtirish boshqarmasi hamda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tashrif buyurishlari mumkin», — deyiladi xabarda.

Tarmoqlarda tarqalgan audioda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev juma, shanba va yakshanba kunlari restoranlar ishlashi va osh tarqatishini ta’kidladi.

Har kuni osh beriladigan zallar va joylar ro‘yxati (suratni kattalashtirish uchun ustiga bosing):

аномал sovuq, палов, тoshкент hokimligi

«Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, shaharning ko‘plab mahallalarida ham osh va boshqa taomlar ham pishirilib, hududlarni qordan tozalashda ishtirok etayotgan obodonlashtirish xodimlariga tarqatilmoqda.