O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi, deya xabar bermoqda institut. Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni bu haqdagi qarorni imzolagan.

Toshkent shahrida joylashgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020-yilda tashkil etilgan. Bu Markaziy Osiyoda sivilizatsiyalar xilma-xilligi va barqaror rivojlanishning zamonaviy jarayonlari bo‘yicha fanlararo tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi davlat ilmiy-tadqiqot muassasasidir, deyiladi uning saytida.

Vladimir Norov TIV rahbari lavozimida 2022-yil aprel oyidan beri ishlab kelayotgan edi (sentabrda u vazir etib tasdiqlangan, bungacha esa TIV rahbari bazifasini bajaruvchi edi). Oldin esa u vazir o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari, vazir (2006−2010-yillarda), prezidentning davlat maslahatchisi, O‘zbekistonning Germaniya, Shveysariya, Polsha, Belgiyadagi elchisi, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi missiyasi rahbari, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.