30 yildan beri butun dunyo bo‘ylab bayramona Coca-Cola yuk mashinalarining afsonaviy karvoni 2022 yil o‘z sayohatini Namangandan boshlab, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Xiva kabi shaharlarga mo‘'jiza bag‘ishlash uchun yo‘l oldi va nihoyat poytaxtga qaytib keldi.

reklama

Hatto siz kutmagan bo‘lsangiz ham, mo‘'jizalar hali ham sodir bo‘lishi mumkin, chunki siz ularni o‘zingiz yaratasiz. Bu haqida 2022 yil qishida haqiqiy mo‘'jizalar sodir bo‘lishiga javob beradigan Coca-Cola brendi aytib berdi.

Toshkentda Coca-Cola va hamkorlari bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda shahar aholisi va mehmonlari uchun kutilmagan sovg‘alar tayyorladi. Central Park va Anhor Lokomotiv`da mo‘'jizaviy yarmarkalar, Tashkent City`da keng ko‘lamli ko‘ngilochar dastur va Humo Arena`da mehribon ertak mehmonlarni kutdi.

reklama

“Men ham, boshqalar kabi, Coca-Cola reklamalarida katta bo‘lganman va karvonda sayohat qilishni orzu qilardim. Coca-Cola bilan mening orzuim amalga oshdi. Akmal Raimov va Husnora bilan birga Santa jamoasi a’zosi bo‘lish va Humo Arena`ning minglab mehmonlariga bayram ulashish men uchun sharaf bo‘ldi.

Coca-Cola, qaynoq pitssa va musiqadan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin? Bundan ham yaxshiroq narsa — Yangi yil kechasi sehrining ishtirokchisi bo‘lgan har bir kishi o‘zi olgan yaxshiliklarni boshqalar bilan baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lganidir. Oziq-ovqatga almashtilgan vaucherlardan tushgan barcha mablag‘ og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun ONA jamoat fondiga o‘tkazildi. Haqiqiy Yangi yil sehriga hissa qo‘shganimdan mamnun bo‘ldim. Mo‘'jiza hamma uchun sodir bo‘lishi kerak, ayniqsa Yangi yilda", — dedi mashhur artist Gafur.

reklama

Har kuni turli avlod va jamiyat vakillarini birlashtirgan yangi yil Coca-Cola karvonini Santaning ekipajlari olib kelishdi. Xonandalar, blogerlar, tadbirkorlar va sevimli kafe va restoranlarining oshpazlari Humo Arena`ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Coca-Cola yuk mashinalarida yetib kelishdi. Santaning ekipaji sovg‘alar o‘yinini o‘ynadi, sevimli taomlarining 4000 dan ortiq porsiyasini tayyorladilar va tarqatdilar:

  • Dodo Pizza va Roni Pizza`dan pitssa;
  • Roman Sayfulin boshchiligidagi The Choyxona`dan osh;
  • Zafar Hoshimovning shaxsan o‘zi Coozin loyihasidagi yordamchilari bilan to‘g‘ragan “Korzinkaning” “Olive” salati;
  • Pie Republic va Laziz Gulyamovdan xushbo‘y pryaniklar;
  • Baxriddin Chustining o‘zidan somsa, shashlik va osh;
  • sevimli Shef Burger`dan mazali burgerlar.

reklama

Gafur, Oleg Ternovoy, Sabina Mustayeva, Jenisbek Piyazov, C.O.C va Ruhsoraning xitlari, Mittivine, Khusnorik, Nigina Abdujabbarova, Kamila Gimandinova, Littos, Mado, Teacher Azam kabi vayner va blogerlarning hazillari va tanlovlarini o‘z ichiga olgan bayram davomida mehmonlar vaucherlarni maydonda tayyorlangan taomlarga almashtirishdi. Vaucherlarni sotishdan tushgan barcha mablag‘lar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam berish uchun ONA jamoat fondi hisobiga o‘tkazildi.

reklama

“Coca-Cola bizni bir jamoaga birlashtirgani ajoyib bo‘ldi. Biz turli dunyo va turli avlod vakillarimiz, lekin bugun biz birgalikda mo‘'jiza yaratmoqdamiz. Bu faqat Coca-Cola bilan va faqat Yangi yilda sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘p yillar davomida biz uchun Yangi yil Coca-Cola karvoni bilan boshlanadi, u shahar ko‘chalari bo‘ylab “Bayram yaqinlashmoqda” qo‘shig‘i sadolari ostida o‘tadi.

Nevaralarim va men karvonda sayohatga chiqish va boshqalar bilan baham ko‘rganda sodir bo‘luvchi haqiqiy mo‘'jizaning bir qismiga aylanish imkoniyatidan juda xursand bo‘ldik. Bu yoqimli his-tuyg‘ularni boshqalar bilan mamnuniyat ila baham ko‘ruvchi “Korzinka” falsafasiga ham mos keladi", — dedi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Xashimov “Olive” yangi yil salatini tayyorlar ekan.

reklama

Haqiqiy mo‘'jiza onlayn davom etdi. Coca-Cola sahifasida sevimli kafe va restoranlardan qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan yangi yil o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“Brendning bu yilgi bayram kampaniyasi turli avlod va qiziqishlar vakillarini bir dasturxon atrofida birlashtirish uchun barcha to‘siqlarni yengib o‘tuvchi Yangi yilning to‘xtovsiz, mo‘'jizaviy kuchini ko‘rsatadi. Aynan shu birgalikda baham ko‘rilishi kerak bo‘lgan Yangi yilning haqiqiy mo‘'jizasidir. Bizning mashhur karvonimiz butun dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekiston shaharlariga bayramning barcha elementlarini — musiqa, trendlar, ajoyib dekoratsiyalar, yangi yil pryaniklari va boshqa taomlarni va sizning sevimli Coca-Cola`ngizni yetkazib berdi. Mo‘'jiza sari olib boruvchi yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, biz birgalikda bo‘lib, bir-birimizga tabassum, mehmondo‘stlik va mehribonlik ulashsak, albatta mo‘'jiza sodir bo‘lishiga ishonamiz”, — dedi Sosa-Sola`ning Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasining marketing direktori Trivern Chetti.

Reklama huquqlari asosida.