Joriy yilning 22−25 dekabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyuradi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Bo‘lajak tadbir kun tartibidan transport bog‘liqligi, logistika, sanoat kooperatsiyasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri qator ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.