Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Trailer korxonasi ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 561,1 mlrd сўмga «Innovatsionnыy industrialnыy park-Texnopark v sfere vыsokix texnologiy «Texnopolis «Ximgrad» AJ (Tatariston, Rossiya)ga sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davaktiv matbuot xizmati xabar qildi.

Sotuv jarayonida Mosaic Financial xususiylashtirish bo‘yicha konsultant vazifasini bajardi, Korxonani mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya PricewaterhouseCoopers tomonidan amalga oshirildi.

Konsultant va Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng ko‘lamli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investitsiya tizerlari konsultantning investorlar tarmog‘i orqali turli xorijiy investorlarga (investor sounding) yuborildi.

Natijada Yevropa, MDH va O‘zbekistondagi investorlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risida 6 ta arizalari (Express of Interest) kelib tushdi.

Talabgorlar xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta’qiqlashi mumkin bo‘lgan ma’muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi hamda Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi yuzasidan o‘rganilgan.

Barcha talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi bosqichiga o‘tkazilgan va talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolanib, Majburiyatga ega bo‘lmagan takliflari (NBO)ni tayyorlash uchun Konsultant tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.

Ushbu bosqichda 2022 yil 17 oktabrgacha bo‘lgan muddatda 5 ta majburiyatga ega bo‘lmagan takliflar (NBO) taqdim etildi hamda ular Konsultant tomonidan taklif qilinayotgan majburiyatga ega bo‘lmagan narx taklifini moliyalashtirish qobiliyatiga ega bo‘lganligi aniqlandi va мажбуриятga ega bo‘lgan takliflar (BO)ni taqdim etish bosqichiga taklif etildi.

Mazkur bosqichda, konsultant tomonidan tayyorlangan Korxonaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati yuzasidan kompleks tahlil (due diligence) hisobotlari joylangan virtual ma’lumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, barcha talabgorlarga Korxonaning boshqaruv organi bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda Korxona bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Shunga ko‘ra, kelib tushgan majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, Bitimni yopish shartlari va Korxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi bo‘yicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan «Innovatsionnыy industrialnыy park-Texnopark v sfere vыsokix texnologiy «Texnopolis «Ximgrad» AJ xalqaro tender natijalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun, «Ximgrad» texnopolis sanoat parki — Qozon shahrida joylashgan sanoat parki. Umumiy maydoni 131 gektar, bino va inshootlarning loyihalash maydoni 500 ming kvadrat metrdan oshadi. Sanoat parki rezidentlari past tonnajli kimyo, polimerlarni qayta ishlash, nanotexnologiyalar, resurslarni tejash va energiya samaradorligi, tibbiyot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi kichik va o‘rta biznes subyektlari hisoblanadi.

Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida «Chirchiq» kimyo-industrial texnoparki «Ximgrad» texnopolisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

UzAuto Trailer korxonasi — 2012 yil 4 iyunda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tashkil etilgan. Korxonada tirkama texnikalari va turli xil yuk avtomobillari (shassi) uchun osma texnikalarini ishlab chiqariladi.

Korxonaning loyihaviy quvvati 3 000 donagacha, ya’ni 2 000 dona yarim tirkama va 1 000 dona osma texnika, Iqtisodiyotning turli tarmog‘ini ta’minlash uchun keng qamrovli avtomobil texnikalarini, shu jumladan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan, ustav kapitali 156,3 mlrd so‘mni tashkil etadi.