Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bir qator davlat maslahatchilariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.

Jumladan, Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Kaxraman Ramatullayevich Sariyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelayotgan edi.

Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga Umar Sapayevich Ismailov tayinlandi.

Shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ulug‘bek Islomovich Muxammadiyev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.