Kuz-qish mavsumida ob-havoning sovushi sababli ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalariga cheklovlar kiritish to‘g‘risida xabar berilgandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Ammo bu holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab bo‘la olmaydi.

O‘z navbatida, qo‘mita tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotgani va tadbirkorlar tomonidan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.

«Bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan barcha hududiy boshqarmalariga aniq topshiriqlar berilgan va ular tomonidan nazorat ishlari olib borilayotganligi to‘g‘risida ogohlantiramiz», — deya yakunlanadi qo‘mita xabari.